TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekistonda asosiy iste’mol tovarlarining o‘rta darajadagi narxi mart oyida 0,4 % ga kamaydi. Shu o‘rinda yanvar va fevral oylarida bu ko‘rsatkich 0,6 % va 0,7 % bo‘lgan. Bular Markaziy bank 2018-yil pul-kredit siyosatining sharhida qayd etilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari va Markaziy bank kuzatuvlari natijalariga ko‘ra respublikada 4 oy ichida inflyatsiya darajasi sekinlashdi va barqarorlashdi.
"Iste’mol narxlar indeksi uslubi bo‘yich inflyatsiya darajasi yanvar (2,7 %) bilan solishtirilganda fevral va mart oylarida 1,1 % ga sekinlashdi va prognoz ko‘rsatkichlar doirasida", — deyilgan sharhda.
Markaziy bank kuzatuvi asosiy iste’mol tovarlar guruhi bo‘yicha mart oyida 0,4 %ga (yanvar va fevralda 0,6% va 0,7%) kamayganligini ko‘rsatdi.
Joriy yil birinchi choragida iqtisodiyotning iste’mol sektorida narxlar darajasi pasayishi va barqarorlashuvining asosiy omillari: iqtisodiyotda qat’iy pul-kredit shartlarining saqlanib qolishi, yanvar-mart oylarida valyuta kursini 0,5 %da bo‘lishi, davlat budjeti bajarilishi, ichki bozorda raqobat muhitini yaxshilash, import tovarlarining hajmini oshirish, meva-sabzavotlar import hajmi ko‘payishi hisobiga amalga oshirildi.