Mirziyoyev va Nazarboyev o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi

Suhbatda davlat rahbarlari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligini yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar
Sputnik

TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-may kuni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar berdi prezident matbuot-xizmati.

Nazarboyev: o‘zbek-qozoq munosabatlarining yangi bosqichini kuzatmoqdamiz
Suhbatda davlat rahbarlari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligini yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

"Suhbatda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida yaxshi qo‘shnilik munosabatlarini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Joriy yil mart oyida Ostonada bo‘lib o‘tgan mintaqa davlatlari rahbarlarining birinchi sammiti samarali natijalar bergani mamnuniyat bilan qayd etildi", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, ikki davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashishgan.

Suhbat yakunida Mirziyoyev va Nazarboyev qardosh mamlakatlar va xalqlar manfaatlari yo‘lida serqirra hamkorlikni kengaytirish hamda ko‘p asrlik do‘stlik va sheriklik aloqalarini mustahkamlashda shijoatga ega ekanliklarini ta’kidlaganlar.