Suriyada Rossiyaning qiruvchi samolyoti halokatga uchradi: ikki nafar uchuvchi halok bo‘ldi

Rossiya mudofaa vazirligining dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, aviahalokatning sababi - samolyot dvigateliga qush kirib ketgan bo‘lishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 3-may — Sputnik. Suriyada Xmeymim aerodromidan uchib chiqqan Rossiya Su-30SM samolyoti halokatga uchradi. Ikki nafar uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Rossiya Suriyada urib tushirilgan "aqlli" raketalar parchalarini namoyish etdi

"Moskva soat 9:45 yaqin Xmeymim aerodromidan uchib chiqqan Su-30SM qiruvchi samolyot O‘rta yer dengizi tepasidan balandlikka ko‘tarilayotganda halokatga uchradi. Uchuvchi oxirigacha samolyotni qutqarishga harakat qildilar. Voqea joyidan kelgan xabarlarga ko‘ra, ikki nafar uchuvchi halok bo‘ldi", — deyilgan xabarda.

Rossiya mudofaa vazirligining dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, aviahalokatning sababi — samolyot dvigateliga qush kirib ketgan bo‘lishi mumkin. Samolyot hech qanday o‘q-otar hujum bo‘lmagan.