Besh yil ichida Rossiya fuqaroligini olgan o‘zbekistonliklar soni 2 baravarga ko‘paydi

2012-2017 yillarda Rossiya fuqaroligi olgan xorijiy fuqarolar soni deyarli 3 baravarga (95,7 mingdan 257,8 minggacha) ko‘paydi.
Sputnik

TOShKENT, 3-may — Sputnik. 2017-yilda O‘zbekiston Rossiya fuqaroligi olgan davlatlar beshtaligiga kirdi, deb xabar qildi RT IIV ma’lumotlariga asoslangan holda.

O‘zbekiston va Rossiya migrantlar uchun patent olishni soddalashtirdi

2012-2017 yillarda Rossiya fuqaroligi olgan xorijiy fuqarolar soni deyarli 3 baravarga (95,7 mingdan 257,8 minggacha) ko‘paydi.

2017 yilda 85,1 ming nafar Ukraina fuqarolariga Rossiya pasporti berildi. 2012-yil bilan solishtirilsa 8 baravar ko‘payganligini ko‘rish mumkin.

Ikkinchi o‘rinni Qozog‘iston fuqarolari (40,7 ming) egallashdi. So‘nggi besh yil ichida bu ko‘rsatkich 3 baravarga ko‘paydi (2012 yilda atigi 14,6 ming fuqaroga Rossiya pasporti berildi).

2017 yilda 29,0 ming nafar Tojikiston fuqarolari Rossiya fuqaroligi olishdi (2012 yilda 9,8 ming nafar fuqaro olgan).

Beshinchi o‘rinni Armeniya (2017 yilda 25,1 ming kishi, 2012-yilda 13,1 ming kishi) va O‘zbekiston (2017 yilda 23,3 ming kishi, 2012-yilda — 13,4 ming kishi) egallashgan.

Xorijiy fuqarolar Rossiya fuqaroligini olish bo‘yicha umumiy va soddalashtirilgan tartib asosida amalga oshiriladi.

Umumiy tartib asosida birinchi navbatda 3-yil muddatga vaqtincha yashash ruxsatnomasini olish zarur bo‘ladi. Keyinchalik besh yillik muddatga "yashash uchun ruxsatnoma" (vid na jitelstvo) ruxsat so‘rash mumkin bo‘ladi. Shundan so‘ng, xorijiy fuqaro Rossiya pasportni olish uchun hujjatlarni topshirish huquqiga ega bo‘ladi.

2017 yilda Rossiyada vaqtincha yashash kvotasi — 110,8 ming bo‘lgan (2012 yilda bu ko‘rsatkich nisbatan kam — 105,8 ming bo‘lgan).

Soddalashtirilgan tartib asosida fuqarolikni olish muddatini bir yilga va undan kamiga qisqartirish mumkin. Masalan, bu imkoniyatdan Rossiya fuqarolari bilan turmush qurgan xorijiy fuqarolar foydalanishi mumkin.