TOShKENT, 3-may — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatning shimoliy va janubiy qismi o‘rtasidagi qarama-qarshilik masalasini sun’iy ravishda avj oldirayotganlarga nisbatan chora ko‘rishi haqida bayonot qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston nashri.
Issiq-Ko‘l viloyati Tons tumani aholisi bilan uchrashuv chog‘ida, Qrig‘iziston prezidenti so‘nggi vaqtlarda go‘yoki u mamlakatda hukumatni "klanlashtirishga" harakat qilayotgani to‘g‘risida fikrlarni jamoatchilik orasida tarqatishga harakat kuchaygani haqida aytib o‘tgan.
"Shunday odamlar borki, ular bo‘lar-bo‘lmasga shimol va janub mavzusini ko‘taradilar. Ular shu tariqa xalq birdamligiga putur yetkazadilar. Biz kim fitna bilan shug‘ullanayotganini ko‘rib turibmiz va choralar ko‘ramiz", — deb ta’kidlagan Jeenbekov.
Qirg‘iziston rahbari hech qachon fuqarolarni millati, ijtimoiy mavqeyi yoki diniy "kelib chiqishi"ga qarab ajratmaganligini ham qo‘shimcha qilgan.