TOShKENT, 2-may — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida, O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.
Ikki mamlakat IIV rahbarlari o‘tkazgan muzokara davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, terrorizm va turli xil xalqaro jinoyatlarga qarshi kurashish, shuningdek, bu kabi jinoyatlarni oldini olishda o‘zaro hamkorlik muhimligi bildirilgan.
O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirlari ikki mamlakat munosabatlarini yaxshilash, hamkorlik salohiyatini yanada yuqoriga ko‘tarish maqsadida, ikki mamlakat Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tuzish masalasini muhokama qilishdi, deyiladi xabarda.