TOShKENT, 1-may — Sputnik. Putinning inauguratsiyasi yakuniy ssenariysi xali tasdiqlangani yo‘q, deb xabar qildi Kremldagi manba RIA Novosti nashriga.
Mart oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘olib chiqqan nomzod — Vladimir Putinning inauguratsiyasi 7-may kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
"Dastur hamon tasdiqlanmagan. Ammo yakuniy ssenariy yaqin vaqtda tasdiqlanishi kutilmoqda", — deb aytgan suhbatdosh agentlikka.
Ilgariroq nashr inauguratsiyaga tayyorgarlik jarayoni jadal borayotgani, tadbirni olib boradigan diktor tanlab olingani haqida xabar bergan edi.