Janubiy Koreya rahbari Kim Chen Inga ichida yangi iqtisodiyot loyihasi bo‘lgan fleshkani topshirdi

27 aprel kuni ikki mamlakat tarixida birinchi marotaba KXDR yetakchisi Kim Chen In Koreya yarimorolining Shimol va Janub o‘rtasidagi qurolsizlantirilgan hududning Janubga tegishli qismiga tashrif uyushtirdi va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan uchrashuv o‘tkazdi
Sputnik

TOShKENT, 1-may — Sputnik. Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvda unga o‘z qo‘li bilan ichida yangi iqtisodiy tuzilma loyihasi bo‘lgan fleshkani va broshurani topshirdi, deb xabar qildi RIA Novosti muxbiri Kseniya Naka.

Muxbirga ko‘ra bu haqda Chunan ilbo nashri Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyatiga tayangan holda xabar tarqatgan.

KXDR va Janubiy Koreya prezidentlari demarkatsion chiziqda uchrashishdi
Elektron tashuvchida Koreya yarimorolining iqtisodiyoti Shimol va Janubning birgalikdagi sa’i-harakatlari bilan qay tarzda rivojlanishi mumkinligi borasida prezentatsiya yozilganligi aytilmoqda.

Nashr xabariga ko‘ra, gap bu yerda, Shimoliy Koreya yadroviy quroldan xoli hududga aylangan taqdirda, Janub va Shimolning hamkorligi haqida bormoqda.

Loyiha tafsilotlari ochiqlanmagan, ammo uning bir qismi elektr stansiyalariyaga bag‘ishlangani ma’lum. Bu esa Janubiy Koreyaning KXDR energetikasini rivojlantirish bo‘yicha takliflarini anglatishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ikki mamlakat tarixida birinchi marotaba 27-aprel kuni KXDR yetakchisi Kim Chen In Koreya yarimorolining Shimol va Janub o‘rtasidagi qurolsizlantirilgan (demilitarizatsiya qilingan) hududning Janubga tegishli qismiga tashrif uyushtirdi. Kim Chen In Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan uchrashuv o‘tkazdi.

May oyining oxiri — iyun oyi boshlariga Kim Chen Inning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi belgilangan.