TOShKENT, 30 apr — Sputnik. O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva bugun, 30-aprel kuni Turkiya prezidentining rafiqasi Emine Erdo‘g‘on bilan uchrashdi. Bu haqda Turkiya birinchi xonimi o‘zining Twitterdagi sahifasiga post yozgan.
"O‘zbekiston poytaxti Toshkentda Ziroat Mirziyoyeva bilan uchrashdik. Samimiy mehmondo‘stlik uchun tashakkur", — deb yozilgan postda.
Prezidenti Uzbekistana i Tursii s suprugami v rezidensii Kuksaroy
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29-aprel kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan.
30 aprel kuni Ko‘ksaroyda oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi o‘tdi.