Mirziyoyev va Erdo‘g‘onning tor doiradagi muzokaralari boshlandi

Bugun, 30-aprel kuni Ko‘ksaroyda oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29-aprel kuni davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi.

Bugun, 30-aprel kuni Ko‘ksaroyda oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Turkiya prezidenti rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni paytda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda. Uchrashuvda asosan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga o‘tgan yilgi davlat tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy ishonchni mustahkamlab, barcha sohalardagi aloqalarga keng yo‘l ochgan edi.