Beeline 27 milliard so‘mga jarimaga tortildi

Davlat inspeksiyasi xatiga ko‘ra jarima "radiouzagichlar faoliyatida uzoq davom etgan uzilish 455 867 daqiqa” uchun solingan.
Sputnik

TOShKENT, 29 apr – Sputnik. O‘zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologilari sohasida nazorat  bo‘yicha davlat inspeksiyasi Bilayn aloqa operatorini 26,9 milliarda so‘m (3,3 mln $) miqdorida jarimaga tortdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Davlat inspeksiyasining OOO “Unitel” direktori Shukov nomiga 2018-yilning 9-yanvarida yo‘llagan xatiga ko‘ra, ushbu jarima “radiouzatgichlar faoliyatida korxona aybi bilan sodir bo‘lgan uzoq dvom etgan uzilish – 455 867 daqiqa” uchun solingan.

"Bilayn" abonent to‘lovini vaqtincha oshirmaydigan bo‘ldi

Toshkent shahar iqtisodiy sudi kollegiyasi Yunitel (Beeline) kompaniyasining appelyatsiyasiga rad javobini berib, 2018-yilning 9-fevralda qabul qilingan Toshkent tumanlararo sudining jarima to‘lash haqidagi qarorini kuchda qoldirdi.

Bilayn kompaniyasi o‘z navbatida ushbu sansiyalar barchaga bir xil qo‘llanilmasdan, yirik kompaniyaga nisbatan tanlanb olingan holda qo‘llanilayotganini va ularning oqibatida soha rivojlanishi zarar ko‘rishini qayd etishmoqda. 

“Inspeksiya vakillari ushbu nohaq sanksiyalar yirik kompaniyaga nisbatan oralatib tanlab olingan holda qo‘llanilayotganini tushunishni istamagani bizni afsuslantirdi. Inspeksiya, O‘zbekistonda sifat borasida qabul qilingan barcha ko‘rsagichlar bajarilganini tan olsa-da, jarima to‘lashga majbur qilmoqda. Bu tarmoqlarni kengaytirish, AKT sohasini ildam rivojlantirish va uzoq tumanlarda LTE aloqalari o‘rnatish uchun kerakli mablag‘larini jarima uchun sarf qilishga majburlamoqda”, — deyishdi Bilayn vakillari  Sputnik muxbiriga.

Beeline Toshkent xo‘jalik sudiga murojaat qildi

Ushbu vaziyatda BMT huzuridagi Elektroaloqa xalqaro ittifoqi (ITU) ham Unitel nuqtayi nazarini qo‘llab-quvvatlagan holda O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligiga rasmiy xat yo‘lladi.

Xatda “radiouzatgichlarning vaqtincha to‘xtab turishi har doim ham aloqa sifatini pasayshiga olib kelmaydi”, deyilgan. Shuningdek, ITU uyali aloqa xizmati sifatini baholash borasida chiqargan xalqaro yo‘riqnomasida ham bunday kriteriy yo‘qligi ham qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining “Normativ aktlar talablari, aloqa xizmatlari sohasida davlat va soha standartlarini buzish” haqidagi 318-sonli qarori 2000-yilning 14-avgustida qabul qilingan bo‘lib, u aloqa standartlari buzilgan "har bir daqida uchun eng kam ish haqqining 0,5 baravari miqdorida" jarimaga tortishni nazarda tutadi. Ushbu qaror 2018-yilning 1-iyunida o‘z kuchini yo‘qotadi.

O‘zbekiston uyali aloqa xizmatlari tarixida ushbu qarorga asoslangan jarimalar ikkinchi bor qo‘llanilmoqda. Birinchi marta 2017-yilning oxirida Ucell kompaniyasi 17 milliard so‘mga jarimaga tortilgan edi.