Sankt-Peterburgda oltinchi qavatdan yiqilgan o‘zbekistonlik tirik qoldi

U binoning oltinchi qavatida himoya to‘ri qoplayotgan bo‘lgan
Sputnik

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Sankt-Peterburgdagi qurilishlardan birida ishlayotgan o‘zbekistonlik kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi mahalliy OAV.

Qurilish obyekti prorabining huquqni muhofaza qilish organlariga tushuntirish berishicha, u binoning oltinchi qavatida himoya to‘ri qoplayotgan bo‘lgan. Noma’lum sababga ko‘ra u qurilish narvonidan pastga qulagan va omon qolgan.

Fevral oyida Sankt-Peterburgda uy tomida qor kurayotgan ishchi yiqilib halok bo‘lgandi.