O‘zbekistonda bu yil 12 yarim mingdan ortiq muhtoj oilalar uy-joy bilan ta’minlanadi

Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha dasturi doirasida 336 ta qishloq massivlarida 16971 ta namunali uy-joylar quriladi
Sputnik

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. O‘zbekiston Moliya vazirligi e’lon qilgan Budjetnomaga ko‘ra, 2018-yilda O‘zbekistonda o‘tgan yilgiga nisbatan qariyb ikki baravar ko‘proq ko‘p xonadonli uylar quriladi.

Buxoroda ijtimoiy muhtojlarga uylar topshirildi

Ma’lum qilinishicha, 2018-yilda o‘tgan yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko‘p yoki 335 ta 13 ming 900 xonadonga ega uylar (shundan 42 ta uy maqsadli ravishda harbiylar oilalari uchun) qurilishiga 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.

Shu bilan birgalikda ushbu massivlarda jami 436 km ichimlik suv tarmoqlari, 306,2 km elektr tarmoqlari, 332,6 km tabiy gaz tarmog‘i, 273,3 km ichki yo‘llarni qurish ishlari rejalashtirilmoqda.

Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha dasturi doirasida 336 ta qishloq massivlarida 16971 ta namunali uy-joylar qurilishiga 3,2 trln. so‘m mablag‘ ajratilgan.
Buning hisobiga 12,5 mingdan ortiq uy-joyga muhtoj oilalar bilan birga 1692 nafar harbiylar oilalari, 1171 nafar profilaktika inspektorlari oilalari, 648 nafar Yoshlar Ittifoqining tavsiyalariga binoan jamiyatda faol ishtirok etayotgan yoshlar va 800 nafar ijroiya hokimiyat organlari va davlat organlarining hududiy bo‘linmalari rahbarlari oilalari uy-joy bilan ta’minlanadi.