O‘zbekiston va Turkmanistonda ikki mamlakat savdo uylari ochiladi

O‘zbekiston tashqi savdo vazirligi va Turkmaniston savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi o‘rtasida jami 17 ta kelishuv imzolangan.
Sputnik

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi va Turkmaniston savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi o‘rtasida ikki mamlakatda savdo uylari tashkil qilinishi to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu haqda Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Toshkent va Ashxobod 250 mln dollarlikdan ortiq shartnoma imzoladi

O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayevning so‘zlariga ko‘ra, savdo uylarining ochilishi savdo hajmini yanada oshirishga yordam berib, O‘zbekiston va Turkmaniston ishbilarmon doiralari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish uchun sharoit yaratadi.

Hujjat Turkmaniston prezidenti Gurbonguli Berdimuhamedovning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida imzolandi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston tashqi savdo vazirligi va Turkmaniston savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi o‘rtasida jami 17 ta kelishuv imzolangan.