Mudofaa vazirligi binosi atrofidagi temir panjaralar olib tashlandi

Toshkent shahar hokimligida bu qaror rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganishga asoslangan holda qabul qilganligini ta’kidlab o‘tildi.
Sputnik

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Mudofaa vazirligi markaziy apparati, Qurolli Kuchlar davlat muzeyi, Toshkent harbiy okrugi boshqaruv apparati, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi ma’muriy binolarining temir panjaralari olib tashlandi. "Daryo" nashri xabariga asosan.

"Islom davlati" jangarilari Markaziy va Janubiy-Sharqiy Osiyoga qaytmoqda - Shoygu

Mudofaa vazirligi Toshkent hokimiyati tashabbusini ma’qulladi.

Toshkent shahar hokimligida bu qaror rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganishga asoslangan holda qabul qilganligini ta’kidlab o‘tildi.

Eslatib o‘tamiz, aprelda Toshkent shahrida Rossiya, Qozog‘iston, Armeniya, Tojikiston, Belarus, Qirg‘iziston va O‘zbekiston mudofaa vazirliklarining yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda tomonlar 2018-yilda jangovar tayyorgarlik o‘tkazish qo‘shma choralar va turli harbiy texnikaviy hamkorlikning boshqa masalalari ko‘rib chiqildi.