O‘zbekistonlik paradzudochilar Jahon kubogida yettita medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston terma jamoasi Jahon kubogi yakunlariga ko‘ra umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi
Sputnik

TOShKENT, 25 apr – Sputnik. Paradzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon kubogida yettita medalga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonlik para-atletikachilar Jahon va Osiyo rekordini yangiladilar

O‘zbekistonlik sportchilar ushbu musobaqada bitta oltin, beshta kumush va bitta bronza medali sohibiga aylandilar.

Erkaklar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahslarda Rio 2016 Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Sherzod Namozov oltin, Shirin Sharipov, Feruz Sayidov, Nurbek Mirzayev kumush va O‘tkir Nig‘matovlar bronza medal sohiblariga aylanishdi.

Ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda Feruzaxon Yusupova kumush, Sevinch Salayeva esa bronza medali bilan kifoyalandi. O‘zbekiston terma jamoasi Jahon kubogi yakunlariga ko‘ra umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Ushbu nufuzli musobaqada jahonning 35 mamlakatidan 224 nafar sportchi ishtirok etdi.