TOShKENT, 24 apr — Sputnik. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Rossiya korxonalari soni yil oxirigacha 1000tadan oshadi deb xabar qilmoqda, Sputnik muxbiri.
Bu haqida Rossiyaning O‘zbekistonda o‘tkazilgan birinchi sanoat ko‘rmazmasi — “Expo-Russia Uzbekistan 2018” doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov xabar qildi.
"O‘tgan yilda O‘zbekiston-Rossiya ishbilarmonlik munosabatlari jiddiy rivojlanib bordi. Natijada bugun O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokida tashkil qilingan 961 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu kammi yoki ko‘pligini vaqt ko‘rsatadi, lekn menimcha hozir yanada kengroq imkoniyatlar ochilmoqda. O‘zbekiston va Rossiya kelajakda munosabatlarni chuqurlashtirish uchun ulkan salohiyatga ega. Menimcha, yil oxirigacha O‘zbekistonda Rossiya korxonalari soni mingdan oshadi”, — dedi Jasimov.
SSP vakili aytishiga qaraganda, O‘zbekiston biznesi ham Rossiyada juda faol harakat qilmoqda. Ayni damda Rossiyada O‘zbekiston kapitali ishtirokida 569 korxona tashkil qilingan. Bu hududdagi eng katta ko‘rsatgichlardan biri.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya bilan hamkorlik qilayotgan MDH mamlakatlari orasida O‘zbekiston to‘rtinchi o‘rinda. 2017-yil hisobida mahsulot almashuvi 3,6 milliard dollarni tashkil qildi, 2016-yilga nisbatan 33,9 %ga o‘sdi.