TOShKENT, 24 apr – Sputnik.Torontoda piyodalar ustiga mashina haydagan shaxsning ismi sharifi e’lon qilindi. U 25 yoshli Alek Minassan bo‘lib chiqdi deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Kecha 23-aprel kuni mikroavtobus piyodalar ustiga chiqib ketishi oqibatida 10 kishi qurbon bo‘lgan, 16 kishi jarohatlangan edi. Ushbu voqea odam gavjum chorrahada sodir bo‘ldi.
Ushbu jinoyat ataylab amalga oshirilgani ma’lum bo‘lsada, politsiya hozircha buni terakt deb atagani yo‘q. Jinoyatchi voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan, lekin keyinchalik politsiya tomonidan qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, Kanadaning Toronto shahrida 22 — 24-aprel kunlari "Yettilik guruhi" uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSh, Fransiya va Yaponiya tashqi ishlar vazirlari ishtirok etmoqda. Uchrashuv mavzusi — "Xavfsiz dunyo qurish yo‘lida".