Toyib Erdo‘g‘on O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

Erdo‘g‘on Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashib, qadimiy Buxoroga safar qilishi kutilmoqda. Ikki davlat rahbarlari investitsiya sohasida muzokaralar o‘tkazishi xabar qilinmoqda
Sputnik

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on 29-apreldan 3-may sanasiga qadar O‘zbekiston va Janubiy Koreyaga rasmiy tashrif uyushtiradi. Bu haqda TRTning Toshkent shahridagi vakolatxonasiga tayangan holda "Kabar" agentligi xabar qilmoqda.

Mirziyoyev Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi

Ta’kidlanishicha, Erdo‘g‘on O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazadi hamda Buxoro shahrini ziyorat qiladi.

Muzokaralarning asosiy mavzusi investitsiya sohasi bo‘lishi aytilmoqda. Xususan, O‘zbekiston va Turkiya turizm, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, avtomobilsozlik, farmatsevtika sanoati, tekstil sanoati, kimyo va tog‘-metallurgiya sektorlariga investitsiya yo‘naltirish masalalarini muhokama qiladilar.

Turkiya prezidenti O‘zbekistonga tashrifidan so‘ng Janubiy Koreyaga yo‘l oladi.