O‘zbekistonda "Mening fikrim" - jamoaviy murojaatlar portali paydo bo‘ldi

O‘zbekistonda mashhur change.org portalining analogi paydo bo‘ldi, u orqali Fuqaro tashabbulari Oliy Majlisgacha yetib borishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 22 apr – Sputnik. O‘zbekistonda jamoaviy murojaatlar uchun yagona mahalliy portal paydo bo‘ldi. U yerda fuqaroar davlat va jamiyat ahamiyatiga ega bo‘lgan masalalar  bo‘yicha o‘z fikr va tashabbuslarini e’lon qilishlari mumkin.

“Mening fikrim” veb-portali mamlakatimizda fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining ochiqligi, qabul qilinayotgan qonunlarning hayotiy va samarali bo‘lishini ta’minlash maqsadida yaratildi”, — deyilgan portalda.

Portal quyidagi tartibda ishlaydi:

  1. Fuqarolar o‘z tashabbuslarini portalga yozishadi
  2. Ekspertlar ko‘rib chiqqanidan so‘ng ushbu tashabbus portalda e’lon qilinadi
  3. Portalda ushbu tashabbuslarga jamoatchilik tomonidan ovoz beriladi
  4. Ovozlar yetarli darjaga yetgach tashabbus Oliy Majlis yoki Xalq deputatlari Kengashlari e’tiboriga taqdim etiladi

Jamoaviy tashabbuslar portali quyidagi sohalar bo‘yicha fikr bildirish mumkin:

Portal "UZINFOCOM” – mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib ayni damda sinov tartibida ishlamoqda.