“O‘zbekiston temir yo‘llari” meva-sabzavot tashishga 50% chegirma e’lon qildi

Chegirmalar O‘zbekiston hududidda yetishtirilgan ho‘l meva va sabzavotlar, qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksport yo‘nalishida tashilganida taqdim etiladi.
Sputnik

TOShKENT, 22 apr – Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” meva-sabzavotlar tashishga chegirmalar  e’lon qildi. Bu haqida kompaniyaning rasmiy sahifasida xabar berilgan.

Xususan, chegirmalar quyidagi holatlarda beriladi:

  1. O‘zbekiston hududida yangi yetishtirilgan ho‘l meva va sabzavotlar, qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksport yo‘nalishida tashilganida 50 foizlik chegirma qo‘llash tartibi o‘rnatilgan.
  2. Qo‘shniQozog‘istonhududiorqaliO‘zbekistondayangiyetishtirilganho‘lmevavasabzavotlar, kartoshkavatovuqgo‘shtiolibo‘tishuchuntranzittashuvlarida 50 foizchegirmaqo‘llanilishitartibio‘rnatilgan.
  3. Rossiya Federatsiyasi hududiga yangi yetishtirilgan ho‘l meva va sabzavotlar refrijerator vagonlarda olib kirilganda, Rossiya davlati tomonidan 50 foizlik chegirma qo‘llaniladi.

Chegirmalar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar va ularning shartlari haqida batafsil “O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyati “O‘ztemiryo‘lekspeditsiya” orqali olish mumkin.