O‘zbekiston xokkeychilari Dubayda xalqaro turnir g‘olibi bo‘lishdi

Turnir finalida toshkentning "Binokor" jamoasi Rossiyaning "Moskovskie pingvini" jamoasi bilan uchrashishdi va 3:1 hasobida g‘alaba qozonishdi.
Sputnik

TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘zbekiston xokkeychilari "Dubai Cup" xalqaro turniri g‘olibi bo‘lishdi.

Toshkentning "Binokor" jamoasi eng kuchli A guruhda edi. Ushbu jamoada Finlandiya, Shvetsiya va Rossiya jamoalari ham bo edi. Musobaqa  davomida o‘zbekistonlik jamoa 3ta o‘yin o‘tkazdi, ulardan ikkitasida g‘alaba qozonib bittasida durang natija ko‘rsatishdi.

Uzbekistan viigral mejdunarodniy turnir v Dubae

Finalda "Binokor" Moskva viloyati Zelenograd shahridan kelgan "Moskovskie pingvini" havaskorlar  jamoasi bilan uchrashdi. O‘yin 3:1 hisobida o‘zbekistonlik jamoa g‘alabasi bilan yakunlandi.

Jamoa rahbari Alisher Azimov aytishiga qaraganda, jamoa ushbu darajadagi yirik xalqaro musobaqalarda ilk bor g‘alaba qozongan.

"Jamoamiz tarkibida aksariyat yosh o‘yinchilar (18-20 yoshli), ular kelajakda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida o‘yinga chiqishi kerak. Biz ularni sinab ko‘rdik. Ular pand berishmadi, o‘zlarining jangovar xarakterini ko‘rsatishdi", — dedi jamoa rahbari.

Ma’lumot uchun, "Dubai Cup" — AMHEL (Amateur Hockey Euroleague)  Yevropa havaskor jamoalar xokkey ligasni doirasida har yili o‘tkaziladigan musobaqa. Bu yilgi "Dubai Cup" turnirida 23 mamlakatdan 23 jamoa ishtirok etdi.