O‘zbek kurashi - polvonlar emaklamaydi

Qizlar bilan olishgan, urushlarni hal qilgan, milliy ozodlik uchun kurashgan polvonlar; xalqaro darajadagi kurashlar taqqosidan tug‘ilgan fikrlar
Sputnik

Insoniyat paydo bo‘libdi-ki, bir-biri bilan kurashadi… Kurash tushib keladi…

O‘ylayman-ki, bu o‘rinda gap sport turi haqida ketayotganini tushundingiz.

Dunyo kurashchilari Shahrisabz shahrida gilamga tushadi
Darhaqiqat uning tarixi insoniyat tarixi bilan teng. Misrliklar eramizdan 25-asr avval ham kurash bilan shug‘ullangan. O‘zbekiston hududidan jez davriga oid, eramizdan 15-asr burun yasalgan, kurash tushayotgan polvonlar haykalchalari topilgan, qadimgi greklar sportning bu turini yaxshi ko‘rishgan va unga sportday emas, fanday munosabatda bo‘lishgan.

Mana, shularning aks-sadosi o‘laroq Shahrisabzda har to‘rt yilda bir marotaba, xususan, joriy yil 19-23 aprel kunlari "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Amir Temur xotirasiga bag‘ishlangan VII xalqaro turnir" musobaqasi o‘tkazildi.

Ushbu tadbirni yoritishda Sputnik O‘zbekiston muxbirlari ham qatnashdi. Dunyoning 30ga yaqin mamlakati polvonlari Shahrisabzda gilamga  tushgan kuni texnik sabablarga ko‘ra, tadbirni yoritish imkoni bo‘lmadi. Ammo mana bugun, biroz kechikib bo‘lsada, turnirdan olgan taassurotlarimiz asosida o‘zbek kurashi, uning falsafasi va jahon sportining ushbu tur orasidagi o‘rni haqida ikki og‘iz mulohazalarimiz bilan o‘rtoqlashmoqchimiz.

Xullas, qadimgi Yunonda, Rimda, Yaponiyada, Xitoyda va, nihoyat, Markaziy Osiyoda kurash azaldan mavjud edi.

Kurash, albatta, ikki kishining o‘zaro kuch sinashi, biri ikkinchisini yengish uchun qiladigan harakatlargina emas, buning o‘z falsafasi, mazmuni, mohiyati bor. Xo‘sh, o‘zbek kurashining jahon sportidagi eng yorqin turlar — yunon-rum kurashi, erkin kurash, dzyu-do va sambo kabilardan farqi nimada?

Barchasining maqsadi bitta — raqibni yengish, yengganda ham kuragini yerga tekkizib, yengish. Faqat bunga erishish yo‘llari, usullari biroz farqlanadi.

Aslida "kurash" so‘zi halollik va to‘g‘rilikni ifodalaydi. Boshqa turlarni kamsitmagan holda aytish mumkin-ki, o‘zbek kurashi ularning orasidagi eng to‘g‘ri va haloli.

Yunon-rum kurashini oling. Uning asoslari qadimgi Yunonistonda yaratilgan va dastlabki olimpiadalar dasturida bo‘lgan. Unda raqibning qo‘li, bo‘yni, tanasidan tutib, kuragiga yiqitish lozim. Bunda oyoqni ishlatib usullar qo‘llash mumkin emas.

Finali greko-rimskoy borbi v vesovix kategoriyax 59, 71, 80, 98 kilogramm IV Igr Islamskoy solidarnosti

Erkin kurash-chi? Unda oyoq-qo‘lni erkin ishlatish, qo‘l bilan tananing pastki qismidan tutishga ruxsat etilgan.

Olimpiada 2016. Volnaya borba. Mujchini. Tretiy den

Yapon kurashi — dzyu-doning falsafasi, tartib-qoidasidan ko‘rinadiki, u biroz ayyorlik va epchillikdan iborat. Uning yaratilishi haqidagi rivoyatni eslang: tabib Akayama qish kuni qordan egilgan daraxt shoxlarini kuzatadi. Shoxlarning baquvvati qor og‘irligini sobit turib ko‘tarmoqchi bo‘ladi va "qars" etib sinadi. Nimjon shoxlar esa og‘irlikdan egilib, nihoyat ustidan qorni tushirib yuborib, o‘z holiga qaytadi.

Shunda Akayama yengish uchun yon bosish g‘oyasini o‘ylab topadi va u yaratgan tartib-qoidalar asosida keyinchalik dzyu-do yuzaga keldi. Ya’ni raqibning kuchini uning o‘ziga qarshi ishlatadigan kurash turi. Bu turda, qoidalar erkin, unda og‘riq va bo‘g‘ish usullariga ruxsat etilgan.

Sorevnovaniya po dzudo

Sambo — kurashning bu anchayin kenja turi o‘zidan burun paydo bo‘lgan yakkakurashlarning ko‘pidan turli usullarni, xususan o‘zbek kurashining ham tartib-qoidalarini qabul qilgan. Anchayin erkin.

Sambo

O‘zbek kurashi ham mana shu oilaning to‘laqonli a’zosi sifatida o‘zida xalqning mardlik, tantilik, haqqoniylik kabi sifatlarini mujassam qilgan. Uning qoidalariga bir qo‘r nazar solsangiz buni darrov ilg‘aysiz.

O‘zbek kurashi o‘z tartib-qoidalari bilan qayd etilgan to‘rt turning o‘rtasida turadi. Unda yunon-rum yoki erkin kurashdagi kabi gilamda "emaklash", yudzyu-do va sambodagi kabi har qanday usulni qo‘llab, raqibni yengish tartibi yo‘q.

Unga mardonavorlik xos, u polvonni, yengishi, yengilishidan qat’iy nazar, hurmat qiladigan sport. 

Kurash

Milliy kurashning ushbu qoidalari to‘g‘risida Ibn Sino "Tib qonunlari"da ko‘rsatib o‘tgan.

Xalq hayotda raqiblari bilan qanday kurashsa, sportda ham shu kabi qoidalarga amal qiladi.

Aytishadi-ku — sport tinchlik elchisi! Bu gap shunchaki yoki sport tinchlik yo‘lida kurashgani uchun aytilmagan. Azal-azaldan dono rahbarlar boshqargan davlatlar kim kuchliligini bilish uchun armiyalar o‘rtasida janglar o‘tkazish o‘rniga, musobaqalar uyushtirgan va kim g‘olib bo‘lsa, o‘sha kuchli sanalgan, urishishga hojat qolmagan. Hozir ham qaysidir ma’noda davlatlar shunday usulni qo‘llamoqda. 

O‘zbekiston kurashchilari Bishkekda 15ta medal yutib olishdi

Qaysi davlat kuchliligini urishib emas, stadionlarda aniqlab qo‘ya qolishadi. Kurash esa aynan shu yo‘nalishga — munosabatlarni tinchlik orqali hal etishga qaratilgan. Unda o‘zaro kuch sinashishning ramziyligi bor. Chunki u og‘riq orqali raqibni yengishni nazarda tutmaydi, unda jon holatda, emaklab bo‘lsa ham raqibni yengishga urinish yo‘q (polvon gilamda emaklab yurmasligi lozim, yengishi, yengilishidan qat’iy nazar uning sha’ni muhim).

Kurash ko‘proq kuch emas, aqliy salohiyat, ma’naviy qarashlar majmui ekanini shundan bilish mumkin-ki, polvonlar jamiyatda og‘ir-bosiqlik, tantilik timsoli, shunga sodiq bo‘lishga intiladi. O‘zbek tilida "polvon" so‘zi har doim tantilik, mardlik, jumardlik kabi so‘zlarning sinonimi bo‘lib kelgan.

Yana bir gap, o‘tgan asrning boshlarida milliy ozodlik uchun kurashgan jangchilarni polvonlar boshqargan. Bir paytlar ularni "qo‘rboshi", deb atashgan va bu so‘z salbiy tusga ega bo‘lib qolgan edi.

Aytish lozim, XIX asrning oxiri, XX asrning boshlari o‘zbek kurashchilarining oltin davri edi. Aynan shu davrda butun dunyoga nom taratgan Ahmad polvon, Xo‘ja polvonlar faoliyat ko‘rsatgan edi.

2018 yilgi Amir Temur xotirasiga o‘tkazilgan xalqaro turnirda Prezident sovrini sohibi - qashqadaryolik polvon Sherali Jo‘rayev

Yunon tarixchilarinin yozib qoldirishicha, O‘zbekiston zaminida yashagan sak qabilasi qizlari o‘ziga turmush o‘rtog‘ini u bilan kurash tushib, tanlagan. Keyinchlik ular kuyovni shart qo‘yish yo‘li bilan aniqlagan.

Kurash orqali jahon sport maydonlarida o‘zbek so‘zlari jaranglayotgani haqida ko‘p aytiladi. Asosiysi, ushbu so‘zlar ifodalaydigan ma’noda. Kurashda polvon olishi mumkin bo‘lgan eng yuqori baho — "halol".

Eng yuqori jazo esa "g‘irrom". Shu so‘zlarning o‘ziyoq o‘zbek kurashining ma’ni-mohiyatini to‘liq ochib beradi!