O‘zbekiston MDH Havo hujumidan mudofaa tizimi mashg‘ulotlarida ishtirok etadi

Tomonlar 2020-yilgacha harbiy hamkorlik konsepsiyasining amalga oshirilishi borishini tahlil qildi, kelgusi yilda o‘tkaziladigan qo‘shma tadbirlar rejasini tasdiqladi hamda "Mintaqaviy xavfsizlik - 2018" qo‘shma kompyuterlashgan qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari o‘tkazishni ma’qulladi
Sputnik

TOShKENT, 21 apr — Sputnik. MDH davlatlari 2018-yilda birlashgan havo hujumidan mudofaa tizimi doirasida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

O‘zbekiston Havo hujumidan mudofaa bo‘yicha MDH davlatlari bilan bitim tuzish niyatida

Bu haqda Rossiya qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i, mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Valeriy Gerasimov shtab boshliqlari qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qildi.

MDH davlatlari qurolli kuchlari shtab boshliqlari yig‘ilishida O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston vakillari ishtirok etdi.

Tomonlar 2020-yilgacha harbiy hamkorlik konsepsiyasining amalga oshirilishi borishini tahlil qildi, kelgusi yilda o‘tkaziladigan qo‘shma tadbirlar rejasini tasdiqladi hamda "Mintaqaviy xavfsizlik — 2018" qo‘shma kompyuterlashgan qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari o‘tkazishni ma’qulladi.

Bundan tashqari, yig‘ilish davomida harbiy-siyosiy vaziyat, MDH davlatlariga xavf va tahdidlarni tahlil qildi.