Gurbanguli Berdimuhamedov 23-aprel kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

Davlat rahbarlari Ko‘ksaroyda tor va keng doirada muzokaralar o‘tkazadi. Ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi
Sputnik

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 23-aprel kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Komil Allamjonov Facebookdagi o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Markaziy Osiyo - yangi katta o‘yin uchun maydon sifatida

Davlat rahbarlari Ko‘ksaroyda tor va keng doirada muzokaralar o‘tkazadi. Ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi.

Tashrif dasturi keng va mazmunga boy tarzda tuzilgan. Prezidentlarning Toshkentdagi Maxtumquli ko‘chasiga borishi, Ashxobod sayilgohining ochilish marosimida qatnashishi mo‘ljallangan.

Gurbanguli Berdimuhamedov 24-aprel kuni Xorazm viloyatiga boradi. Urganch tumanidagi "Ulli hovli" yodgorligi, Xivadagi "Ichan qal’a" majmuasiga tashrif va boshqa madaniy tadbirlar rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 6-7 mart kunlari Turkmanistonga davlat tashrifini amalga oshirgandi. O‘tgan yilning may oyi oxirlarida ikki davlat rahbarlari Turkmanistonning Kaspiy dengizi sohilidagi "Avaza" milliy turistik zonasida uchrashishgandi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra, ko‘plab ikki tomonlama hujjatlar imzolangandi.