Rossiyaning yana bir aviakompaniyasi O‘zbekistonning uch shahriga parvozlarni boshlaydi

Domodedovo aeroportidan Navoiy, Namangan va Farg‘ona shaharlariga aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi
Sputnik

TOShKENT, 20 apr – Sputnik. Rossiyaning Red Wings aviakompaniyasi may oyidan boshlab Moskvadan O‘zbekiston shaharlariga parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Moskvadan Qarshiga yangi reys ochilmoqda

Xabarga ko‘ra, aviakompaniya Domodedovo aeroportidan Navoiy, Namangan va Farg‘ona shaharlariga aviareyslarni yo‘lga qo‘yadi.

Parvozlar quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:

WZ407/408 Moskva — Farg‘ona — Moskva (14 maydan boshlab dushanba kunlari);

WZ405/406 Moskva — Namangan — Moskva (17 maydan boshlab payshanba kunlari);

WZ403/404 Moskva — Navoiy — Moskva (18 maydan boshlab juma kunlari).

Aviareyslar Airbus A321 samolyotlarida amalga oshiriladi. Aviabiletlar narxi 9600 rubldan boshlanadi.

Avvalroq "Uralskie avialinii" kompaniyasi Moskvadan Qarshiga yangi reys yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Transport vazirligi O‘zbekistonga parvozlar sonini ikki barobarga ko‘paytirish bo‘yicha kelishuvga erishilganini bildirgandi.