O‘zbekistonda harorat 30 darajagacha ko‘tariladi

Hafta oxiridan boshlab harorat ko‘tarilib boradi
Sputnik

TOShKENT, 19 apr – Sputnik. O‘zbekistonda ushbu hafta oxiridan boshlab harorat ko‘tarilib boradi. O‘zgidrometning xabar berishicha, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 21 va 23-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 22 va 24-aprelda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 21-aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 23-28 issiq, 22-24 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21-aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq, 22-24 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

O‘zgidromet mart oyida havoning keskin sovib ketishi sababini ma’lum qildi

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21-aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq, 22-24 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21-aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq, 22-24 aprelda kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21-aprelda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi, 22-24 aprelda kechasi 10-15 daraja iliqgacha, kunduzi 25-30 darajagacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21-aprelda kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi, 22-24 aprelda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 17-22 darajagacha ko‘tariladi.