TOShKENT, 19 apr — Sputnik. O‘zbekistonda Yevropa davlatlarida kabi elektron retsept tizimi ishga tushiriladi, ya’ni shifokorlar bemorlarga yozib beradigan retseptlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri aptekalarga kelib tushadi, dedi 18-mart kuni Toshkent shahridagi Farmatsevtika institutida o‘tkazilgan anjumanda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Dori vositalari va tibbiy buyumlar siyosati Markazi direktori Muhabbat Ibragimova.
Ibragimovaning aytishicha, ijtimoiy ahamiyatga ega dorilar, shuningdek, ijtimoiy aptekalarda ham barcha preparatlar qat’iy retsept asosida sotilishi kerak.
Ibragimovaga ko‘ra, ayni vaqtda O‘zbekistonda elektron retsept tizimini joriy etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
"Elektron hujjatlar muomalasi joriy etilsa dori vositalarining bozorga kirib kelishidan tortib bemorning og‘ziga tushishigacha bo‘lgan jarayon hisobga olinadi", — dedi ekspert.