TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Toshkent shahridagi Farmatsevtika institutida o‘tkazilgan O‘zbekistondagi 1-farmatsevtika anjumanida O‘zbekiston tarixida birinchi marta turli nominatsiyalar bo‘yicha "Pharmclub 2017" esdalik mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Tadbir boshlovchilarining aytishicha, "eng yaxshi"larni aniqlash jarayonida butun O‘zbekiston bo‘yicha 5 milliondan ziyod odam qatnashgan va ovoz bergan.
Demak:
"Yilning ishonchli hamkori" nominatsiyasi — Cardio-Pharm
"Yilning eng yaxshi ish beruvchisi" — SP OOO "Samarkand England Eco-Medical"
"Yilning eng yaxshi apteka dizayni" - "A5" aptekalar tarmog‘i
"Yilning eng yaxshi logotipi" — "Tabletka" aptekalar tarmog‘i
"Eng yaxshi apteka servisi" — "Shoh Farm" aptekalar tarmog‘i
"Jadallik bilan rivojlanayotgan ishlab-chiqaruvchi kompaniya" — OOO "Lafz"
"Yilning eng keng assortimenti" nominatsiyasida — "Zamin Farm" aptekalar tarmog‘i
"Yilning eng yaxshi mudirasi" — Sayyora Dalerbayeva OOO "Profarm"
"Mijozlar talabiga javob beradigan apteka" — "Ozon" aptekalar tarmog‘i o‘zbekistonliklar tomonidan eng yaxshilar sifatida tan olingan.
Shuningdek, quyidagi asosiy nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar nomi e’lon qilindi:
"Yilning eng yaxshi ishlab chiqaruvchisi" - "Nobel Farmsanoat"
"Eng yaxshi aptekalar tarmog‘i" — "Tri devatki" aptekalar tarmog‘i
"Yil mahsuloti" — to‘qqizda mahsulot orasida "Magvit V6" (Nika Farm)eng yaxshi mahsulot deb topildi
"Yilning eng yaxshi aptekasi" — "Vitaminka" (Andijon).
Tadbir so‘ngida barcha g‘oliblar esdalik uchun suratga tushdilar va barcha o‘zbekistonliklarga "hamisha salomat bo‘ling", deya tilak bildirdilar.