"O‘zbekiston havo yo‘llari" Istanbulga qatnovlar sonini ko‘paytirmoqda

Parvozlar chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi
Sputnik

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi 9-maydan boshlab Toshkent-Istanbul-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar chastotasini joriy etmoqda. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar berdi.

Turkish airlines kompaniyasi Istanbul-Samarqand yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Parvozlar haftaning chorshanba va yakshanba kunlari zamonaviy samolyotlarda quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:

Chorshanba:

HY-271 Toshkent 11:00 — Istanbul 14:25 va HY-272 Istanbul 15:45 — Toshkent 22:20.

Yakshanba:

HY-273 Toshkent 17:20 — Istanbul 20:45 va HY-274 Istanbul 22:45 — Toshkent 05:20 +1.

Shu tarzda, MAK Istanbul shahriga qatnovlar sonini haftasiga yetti martadan to‘qqiz martagacha ko‘paytirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Turkiyaning Turkish airlines aviakompaniyasi Istanbuldan Samarqandga muntazam parvozlarni bajara boshlagandi.