Samarqandda arxeologlar dunyo ahamiyatiga ega bo‘lgan noyob topilma topishdi

Bir necha odamlar surati chizilgan yog‘och panno Markaziy Osiyo tarixida topilgan birinchi ko‘p figurali kompozitsiya ekan.
Sputnik

TOShKENT, 16 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik arxeologlar Markaziy Osiyo tarixida ilk bor ko‘p kishining surati chizilgan yog‘och panno topib olishdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi.

Ushbu shohona saroy Kofirqal’a nomli arxeologik yoodgorlikda joylashgan bo‘lib, bu yerda 2001-yildan boshlab esa 16 gektarli maydonda Arxeologiya instituti mutaxassislari keng qamrovli arxeologik qazishma ishlarini olib borishmoqda.

Surxondaryodagi arxeologik qazishmalar chog‘ida imperator muhri topildi

Qadimiy shaharda o‘tkazilgan qazilma ishlari natijasida yong‘in oqibatida vayronaga uchragan Milodiy 5-6 asrlarga mansub qal’a (Arki a’lo) va uning ichida joylashgan tantanalar zali topilgan.

Milodiy 5-6 asrlarga tegishli majmuada Samarqand hukmdorlarining davlat arxivi va yozgi saroyi joylashgan bo‘lib, yong‘in tufayli vayronaga uchragan arxivdan noyob davlat hujjatlari, elchilik xatlari, davlatlararo shartnomalar va bulla deb atalgan taxtakachlarda sug‘diy yozuv namunalari topildi.

Saroyning yog‘och ustunli ko‘rkam xonalaridan birida uch yarusli sufa, sufa ustidagi taxtiravonda esa shersifat ko‘rinishidagi hukmdor o‘tiribdi. Xonaning devorlari yog‘och o‘ymakorligi uslubida chizilgan  rasmlar (panno) galereyasi bilan bezatilgan.

Arxeologlar tomonidan topilgan, yaxshi saqlanib qolgan pannoning o‘lchamlari 124x141 sm., U o‘zi ikkita keng taxtadan iborat bo‘lib, ular temir tutqich bilan biriktirilgan. Pannoda to‘rt qatorda jami 46ta inson qiyofalari chizilgan.

Uzbekskie arxeologi obnarujili unikalnoe panno domusulmanskoy epoxi
Kompozitsiyaning asosiy mavzusi — sher shaklida taxtda o‘tirgan bosh Ilohga sajda qilishdir. Bu zardushtlar bosh ma’budasi buyuk xudo — Nana ekanligi kundek ravshan. Odamlar uning huzuriga turli xil sovg‘alar bilan kelganlar. Pastki qavatda musiqachilar galareyasi tasvirlangan. Undan keyingi pastki qavatda yana qo‘llarida turli xil sovg‘a-salomlar bilan kelgan ziyoratchilar suratlari tiz cho‘kkan holda aks ettirilgan. Shuningdek, pastki qavat suratlar galareyasi markazida muqaddas olov yonib turibdi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, bunday ko‘p figurali aniq suratlar kompozitsiyasi Markaziy Osiyo tarixida ilk bor topilgan bo‘lib, u dunyoviy ahamiyatga ega ekan. Ushbu tarixiy majmuada qazish ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, FA xabariga ko‘ra, zardo‘shtlik davriga oid ushbu saroy 8-asr boshida arablarning Qutaybo binni Muslim boshchilligidagi harbiy qo‘shini tomonidan yoqib yuborilgan ekan.