Tver viloyatida ham yagona migratsiya markazi paydo bo‘ladi

Rossiyaning Tver viloyatida qurilayotgan migratsiya markazi aholi turar joylari va ijtimoiy obyektlardan uzoqda joylashgan bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 15 apr — Sputnik.Tver viloyatining Kalinin tumani hududida xorijiy fuqarolarga xizmat ko‘rsatuvchi yagona migratsiya markazi paydo bo‘ladi, deb xabar qilmoqda viloyat ma’muriyatining matbuot xizmati.

Tver viloyati gubernatori Igor Rudenya aytishiga qaraganda, migratsiya markazining paydo bo‘lishi xorijiy fuqarolarni ishga joylashtirishning zamonaviy va shaffof tizimini yaratishga hamda viloyat hududida joylashgan korxonalarga yuqori malakali mutaxassislarni ishga jalb qilishga xizmat qiladi.

Yangi bino bir qavatli bo‘lib, uning ichda barcha kerakli muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari, parkovka, hamda hujjatlarni tekshirib o‘tkazish tizimi bilan jihozlangan bo‘ladi.

O‘zbekiston Rossiyaning yettita regionida Migratsiya agentligi markazlarini ochadi

Yangi markaz “yagona oyna” prinsipida ishlaydi, ya’ni xorijiy fuqarolar barcha kerakli xizmatlarni bir joyda olishlari mumkin bo‘ladi. Jumladan tibbiy ko‘rikdan o‘tish, rus tilidan va Rossiya qonunchilik asoslaridan imtihon topshirish va boshqalar.  

Tver viloyatida 2018-yilda patent asosida ishlash uchun xorijiy fuiarolar oyiga 5194 rubl avans to‘lovlari to‘lashlari kerak. Moskva shahrida ushbu to‘lov 4500 rublni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz,  Rossiyaning har bir viloyati patent to‘lovi narxini, xorijiy ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyoji va iqtisodiy sharoitidan kelib chiqqan holda, mustaqil belgilaydi. 2018-yilda eng qimmat patent to‘lovi (8354r.) Yamal-Nenesk avtonom okrugida belgilangan.