TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Boliviya prezidenti Evo Morales AQShni zamonaviy dunyoning asosiy tahdidi deb atadi, deb xabar qildi RIA Novosti.
"Shuni ochiq-oydin aytish lozimki, erkinlik, demokratiya va ona-sayyora hamda ko‘ptomonlama dunyo uchun asosiy tahdid — bu AQShdir. Men bu haqda ochiq gapirishdan qo‘rqmayman", — deb bayonot qildi Morales Peruda bo‘lib o‘tgan "Amerikalar sammiti" yalpi majlisi davomida.
"Amerikalar sammiti" — mintaqa yetakchilarining eng katta uchrashuvi — juma kuni kechqurun Lima poytaxti — Peru shahrida ochildi.
Odatda uch yilda bir marta o‘tkaziladigan va sakkizinchi bor o‘tkazilayotgan forumning navbatdagi yalpi majlisi kuni kecha shanba kuni bo‘lib o‘tgan. Bu yil asosiy masalalar korrupsiya bilan bog‘liq- sammit mavzusi ham "korrupsiyaga qarshi demokratik boshqaruv" va "Korrupsiya va barqaror taraqqiyot" sifatida belgilangan.
Bu safar sammitga bir nechta prezidentlar kelishmadi. AQSh prezidenti Donald Tramp (uning o‘rniga vitse-prezident Mayk Pens kelgan), Kuba Davlat kengashi rahbari Raul Kastro (uning o‘rniga TIV rahbari kelgan), hamda o‘zining o‘rniga vakillarini jo‘natishgan Salvador, Gvatemala va Paragvay yetakchilari Peruga tashrifdan bosh tortganlar.
Bundan tashqari, Ekvador prezidenti Lenin Moreno payshanba kuni o‘zining Peruga tashrifini to‘xtatdi va o‘g‘irlangan jurnalistlar bilan bog‘liq vaziyat tufayli shoshilinch o‘z vataniga qaytdi. Juma kuni Moreno Comercio gazetasining ikki xodimi va ularning haydovchisi Kolumbiya bilan chegarada o‘ldirilganligini tasdiqladi.