Markaziy osiyoliklarni 10-yil davomida o‘ldirib ketgan erkak umrbod qamalishi mumkin

Qirq besh yashar chitalik erkak millatchilik qilib 8ta qotillik va 7ta su’iqasdlarni amalga oshirgan
Sputnik

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. O‘n yil davomida markaziy osiyo respublikalari fuqarolarga su’iqasd uyushtirib, ularni o‘ldirib kelgan Chita shahri yashovchisi sud qilinadi. Bu haqda RF Tergov qo‘mitasi mintaqaviy boshqarmasi matbuot-xizmati xabar qilmoqda.

O‘zbekistonda qotil umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi o‘n yil davomida Chita hududida va shaharga markaziy osiyolik bo‘lgan fuqarolarga, hamda ularning yaqinlariga hujum uyushtirib kelgan. Aksariyat hollarda jinoyatlar millatga nisbatan nafrat motivi bilan amalga oshirilgan.

Tergov qo‘mitasi aniqlashicha, 10-yil davomida 8 nafar inson chitalik jinoyatchining qurboniga aylangan.

Tergov qo‘mitasi tomonidan yetarlicha dalillar bazasini to‘plangan, jinoiy ish ayblov xulosasini tasdiqlashi uchun prokuraturaga yo‘naltirilgan.

Ayblanuvchi qilgan ishlari uchun umrbod qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin.