Shavkat Mirziyoyev tahsil olgan maktabda yangi rus tili sinflari ochildi

"Sharq ayoli" xalqaro jamoat jamg‘armasi va "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi ko‘magida Rus gumanitar missiyasi tomonidan ushbu loyiha amalga oshirildi.
Sputnik

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylashgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘qigan 60-sonli maktabda tantanali ravishda ikkita rus tili sinflari ochildi. Bu kabi sinflar Buxorodagi 2-sonli maktabda ham paydo bo‘ldi.

Maktab kutubxonasiga rus tilidagi bolalalar kitoblari taqdim etildi.

"Yarim yil avval 2-sonli maktab direktori Zamira Shirinovna Axmedova Jizzax viloyatida "Rus gumanitar missiya"si tomonidan sinflar ta’mirlab, jihozlab berilganligini eshitib, so‘rov tuzadi va bizning o‘zbek sheriklarimiz — "Sharq ayoli" xalqaro jamoat tashkilotiga jo‘natdi. O‘z navbatida hamkasblarimiz bu haqda bizga ma’lum qilishdi. Hammasi ro‘yobga chiqdi: hozir ikki mingdan ortiq o‘quvchilar tahsil olayotgan ikkinchi maktab proyektor, interaktiv doska, kompyuter va zamonaviy mebel bilan jihozlandi. Hatto yangi bolalar kutubxonasi ham bor. Maktab o‘quvchilari tantanali chiqishlar tayyorlab qo‘yishdi: ular rus tilida she’rlar aytib, raqsga tushishdi. Biz chin dildan bolalarga qiziqarli va samarali bilim olishlarini tilaymiz. Albatta bolalar kitoblarini olib kelishga yordam bergan — O‘zbekiston milliy aviakompaniyasiga ham minnatdorchilik bildiramiz", — deb ta’kidladi Sputnik tahririyatiga Rus gumanitar missiyasi vakili Lyudmila Nikitina.

Otkritie klassa russkogo yazika v shkole №2 v Buxare
Otkritie klassa russkogo yazika v shkole №60 Zaaminskogo rayona Djizakskoy oblasti
Klass russkogo yazika v shkole №60 Zaaminskogo rayona Djizakskoy oblasti
Otkritie klassa russkogo yazika v shkole №2 v Buxare

"Sharq ayoli" xalqaro jamoat jamg‘armasi va "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi ko‘magida Rus gumanitar missiyasi tomonidan ushbu loyiha amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Rus gumanitar missiyasi O‘zbekistonda 8 ta maktabda bir nechta rus tilini o‘rganish bo‘yicha sinflar va maktab kutubxona fondlarini adabiyotlar bilan to‘ldirib berdi.