Samarqandda ilk bor havo shari uchiriladi

O‘zbekiston yoshlari ittifoqi tomonidan tashkil etilgan festivalda Tojikiston, Qirg‘iziston, Pokiston, Shveysariya, Turkiya, Yaponiya, Rossiya va AQShda istiqomat qiluvchi 70 dan ortiq yoshlar qatnashmoqda
Sputnik

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Havo shari bugun kunduzi Registon maydonida uchirish rejalashtirilgan. Ushbu tadbir O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan "Yosh vatandoshlar" festivali ishtirokchilarining Samarqandga tashrifi doirasida amalga oshirilyapti, deb xabar qilgan "Zarafshon" nashri.

O‘zbekistonda ilk bor “Yosh vatandoshlar” festivali bo‘lib o‘tadi

Shuningdek, bugun samarqandliklar va mehmonlar uchun 19:00 da Registon maydonida "3D" mepping shousi namoyish etiladi.

Bundan tashqari festival ishtirokchilari viloyat yoshlari bilan Samarqand davlat qishloq xo‘jaligi institutida uchrashuv o‘tkazishadi.

Festival doirasida tadbirkorlik, turizm, arxitektura, fan va texnologiyalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan ma’ruzalar qilinadi. Faxriy mehmonlar yoshlarga mahorat darslarini o‘tkazishadi.

Shundan so‘ng ular Samarqandning diqqatga sazovor joylarini borib ko‘rishadi.

O‘zbekiston yoshlari ittifoqi tomonidan tashkil etilgan festivalda Tojikiston, Qirg‘iziston, Pokiston, Shveysariya, Turkiya, Yaponiya, Rossiya va AQShda istiqomat qiluvchi 70 dan ortiq yoshlar qatnashmoqda.