O‘zbekistonda "Mashinalarsiz kun" joriy etilishi mumkin

Aksiya jamiyatga avtomobillarning haddan ortiq ko‘payishi insoniyat va tabiyatga zarar keltirishi haqida eslatish, shuningdek ushbu transport vositasining zararsiz muqobillari borligini ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladi.
Sputnik

TOShKENT, 11 apr — Sputnik. O‘zbekiston Yevropada o‘tgan asrning 70-yillaridan beri xalqaro darajada o‘tkaziladigan «Mashinalarsiz kun» ramziy aksiyasiga qo‘shilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

O‘zbekiston shaharlarida tezlik soatiga 60 kilometr etib pasaytirilishi mumkin

Bu 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan yo‘l harakati xavfsizligi konsepsiyasida ko‘zda tutilgan.

Mashinalarsiz kun haftaning juma kuni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Bu kunda aholi tomonidan avtotransport vositalardan foydalanish darajasini kamaytirish, sog‘lom turmush tarzi va velosipedda yurishni targ‘ib qilish, shuningdek ekologik muhitni asrashga yo‘naltirilgan maxsus aksiyalar o‘tkaziladi.

Aksiya jamiyatga avtomobillarning haddan ortiq ko‘payishi insoniyat va tabiyatga zarar keltirishi haqida eslatish, shuningdek ushbu transport vositasining zararsiz muqobillari borligini ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, mashinalarsiz kun ilk bor 1973-yilda Shveysariyada o‘tkazilgan. O‘shanda mamlakat hukumati yoqilg‘i taqchilligi tufayli aholini 4 kunga avtomobil haydamaslikka chorlagan edi. Keyichalik bu aksiyaga Yevropaning boshqa davlatlari ham qo‘shilishdi.

2002 yildan boshlab Yevrokomissiya shafeligida har yili 16-20 sentabr kunlari avtomobil haftaligining so‘ngi kunida mashinalarsiz kun o‘tkaziladi. Tahminiy hisob-kitoblarga qaraganda, "Mashinalarsiz kun" aksiyasida har yili 100 million kishi ishtirok etadi.