Jamoat transportida yagona to‘lov kartalari joriy etiladi

Avtomatlashtirilgan tizim tatbiq etilishi bilan birga haydovchilar yo‘lovchilardan yo‘l kira haqini yig‘ish vazifasidan ozod etadi.
Sputnik

TOShKENT, 11 apr — Sputnik. O‘zbekistonda barcha jamoat transportda yagona to‘lov kartalarini joriy etish rejalashtirilmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

O‘zbekistonda avtomobilni xavfli uslubda boshqarish uchun jarima joriy etilishi mumkin

Bu choralar 2030-yilgacha avtomobil transportini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasida ko‘zda tutilgan.

Bu hujjat yo‘lovchilar tashish uchun tariflarni tartibga solish tizimini takomillashtirish va yo‘lovchilarni tashish transport harajatlarini o‘rnini qoplash mexanizmini takomillashtirishni nazarda tutadi.

Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda jamoat transportida bosqichma-bosqich qulay transport to‘lov tizimini joriy etish taklif qilinmoqda. Birinchi navbatda Toshkent va viloyatlardagi yirik shaharlarda yagona to‘lov transport kartalarini joriy qilish rejalashtirilmoqda.

Xitoydagi avtobus ishlab chiqaradigan kompaniya "O‘zavtosanoat" bilan hamkorlik qilmoqchi

Avtomatlashtirilgan tizim tatbiq etilishi bilan birga haydovchilar yo‘lovchilardan yo‘l kira haqini yig‘ish vazifasidan ozod etadi.

Haydovchilarni butun diqqat e’tiborini faqat yo‘lovchilarni tashishda xavfsizlikni ta’minlash, qatnovlar o‘z vaqtida harakatlanishi va jadvalga rioya qilish, avtotransport vositalarining ehtiyotkor foydalanilishini ta’minlashga qaratiladi.

"Avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi loyihasi turli transport to‘lov kartalarni joriy qilishni ko‘zda tutadi. Masalan, umumiy kartalar hamda maxsus kartalar — imtiyozlardan foydalaniladigan aholi — pensionerlar, bepul yurish huquqiga ega bo‘lgan yo‘ovchilar, talabalar va maktab o‘quvchilari ", — deyilgan hujjatda.