Sirdaryoda o‘z xotinini beliga beton bog‘lab suvga cho‘ktirgan erkak ushlandi

Ayol jasadi "Haqiqat" mahallasidan oqib o‘tuvchi "Markaziy Mirzacho‘l" zovuridan bel qismiga arqon bilan beton bo‘lagi bog‘langan holda topilgan
Sputnik

TOShKENT, 11 apr — Sputnik. O‘zbekiston IIV xabariga ko‘ra, o‘z xotinini o‘ldirib, beliga beton bog‘lab, jasadini suvga tashlagan erkak qo‘lga olindi.

Toshkent viloyatidagi "Bo‘zsuv" kanalidan yevropa millatiga mansub ayolning jasadi topildi

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida 2018-yil 28-mart kuni bedarak yo‘qolib, qidiruvda bo‘lgan 1992-yilda tug‘ilgan Sh.Sulaymonovaning jasadi oradan bir hafta o‘tgach topilgan. Ayol tanasi "Haqiqat" mahallasidan oqib o‘tuvchi "Markaziy Mirzacho‘l" zovuridan bel qismiga arqon bilan beton bo‘lagi bog‘langan holda topilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni marhumaning turmush o‘rtog‘i, 1989-yilda tug‘ilgan B.Qashanov sodir etganligi aniqlangan.

Qotil er qo‘lga olingan.