AQSh O‘zbekistonga saraton kasalligiga qarshi 3 million dollarlik dorilar yetkazib berdi

"Temodar" preparatidan iborat insonparvarlik yuklar respublika hududlari bo‘ylab tarqatiladi, ushbu dori vositasi katta yoshdagi bemorlarning miyasidagi saraton o‘smasini davolashda ishlatiladi
Sputnik

TOShKENT,11 apr — Sputnik. Project HOPE xalqaro nodavlat tashkiloti O‘zbekistonga umumiy summasi 2,9 million dollarlik saraton kasalligiga qarshi dori vositalarini yetkazib berdi.

O‘zbekistonda rak kasalliklarini aniqlash va davolash sohasi yanada kuchaytiriladi

"Umumiy bahosi 2,9 million dollarlik medikamentlar bugungi kunda AQShdan O‘zbekistonga yetkazib kelingan", — deb xabar qilgan vakolatxona xodimi RIA Novosti muxbiriga.

Katta yoshdagi bemorlarning miyasidagi xavfli o‘simtani davolashda qo‘llaniladigan "Temodar" onkologik preparatlaridan iborat insonparvarlik yuki O‘zbekiston hududlari bo‘ylab taqsimlanadi.

Tashkilot xabariga ko‘ra, 1991-yildan buyon Project HOPE O‘zbekistonga umumiy miqdorda 106 million dollarlik medikamentlar va tibbiyotda ishlatiladigan boshqa turdagi buyumlarni yetkazib bergan.