Toshkent-Olmaota avtobus qatnovi 12-apreldan yo‘lga qo‘yiladi

Ushbu yo‘nalish masofasi - 818 km, yo‘l vaqti – 16 soat 30 daqiqani tashkil qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Toshkent-Olmaota o‘rtasida muntazam avtobus qatnovi 12-apreldan boshlanadi, deb xabar qildi "O‘zavtotrans" agentligi matbuot xizmati.

Qatnovlarni "ERKIN EMINA EXPRESS TOUR" o‘zbek kompaniyasi "YUTONG" avtobuslarida amalga oshiriladi. Qozog‘iston tomonidan esa "YuG TRANS LAYN" kompaniyasi "VANHOL" avtobuslarida qatnovlar amalga oshiriladi. "Toshkent" avtobus vokzalidan avtobuslar kuniga uch marta: 16-00, 17-00 va 18-00 da. Olmaotada yangi qatnov "Sayran" avtovokzalidan amalga oshiriladi.

Ushbu yo‘nalish masofasi — 818 km, yo‘l vaqti — 16 soat 30 daqiqani tashkil qiladi. Qatnov jadvaliga 30 daqiqa "G‘isht ko‘prik" (O‘zbekiston) i "Jibek Joli" (Qozog‘iston) postlarida bojxona va chegara nazoratidan o‘tish vaqti inobatga olingan.

Sharq - nozik masala: Tojikistonda turistlar o‘zlarini qanday tutishlari lozim

Tashuvchilar tomonidan yo‘l haqi O‘zbekistonda — 100 ming so‘m, Qozog‘istonda — 4 ming tanga etib belgilandi.

"Avtobus qatnov jadvallariga rioya qilishni ta’minlash maqsadida bojxonachilar va chegarachilar "G‘isht ko‘prik" (O‘zbekiston) i "Jibek Joli" (Qozog‘iston) postlarida Toshkent-Olmaota-Toshkent yo‘nalishidagi avtobus yo‘lovchilarini birinchi navbatda bojxona va chegara nazoratidan o‘tkazish masalalarini hal qilishdi", — deyiladi xabarda.

Davlatlar o‘rtasida avtobus qatnovi 90-yillarning o‘rtalaridan boshlab to‘xtatilgandi. Biroq 2018-yil yanvar boshida O‘zbekiston va Qozog‘iston Toshkent-Chimkent-Toshkent yo‘nalishida avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yishgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 17-noyabrda O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqaro avtomobil qatnovlar to‘g‘risida bitimga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqidagi bayonnoma kuchga kirdi. Ushbu hujjat davlatlar o‘rtasida muntazam va muntazam bo‘lmagan avtobus qatnovlarini amalga oshirish uchun huquqiy asosini belgilab berdi.