TOShKENT, 10 apr – Sputnik. Moody"s reyting agentligining kichik vitse-prezidenti Petr Paklin Sputnik radiosiga bergan intervyusida O‘zbekiston bank sektoridagi bugungi holat haqida fikr bildirdi.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, respublika bank tizimi bugungi kunda barqaror va aksariyat valyuta xavflari banklarning o‘z aktivlari tomonidan qoplanadi.
"Hozirda O‘zbekistonda milliy valyuta devalvatsiyasiga qaramasdan, ilgarigi kabi barqaror investitsion muhit va iqtisodiyotning barqaror o‘sishi kuzatilmoqda. Valyuta xavflari zayomchilarning valyuta tushumlari va mamlakat Moliya vazirligi kafolatlari bilan qoplanadi. Umuman olganda, bank aktivlari sifati yuqori. Bugungi kunda mamlakat bank sektorining kapitalizatsiyasi yetarli darajada va yuqori daromadli ekanligini qayd etish lozim. Aktivlar va daromadlar esa hozirda valyuta xavflarini boshqarilishi mumkinligini bildiradi", — deb ta’kidladi Paklin.
O‘zbekistonda milliy valyuta devalvatsiyasi 2017-yil 5-sentabrda amalga oshirilgan, so‘mning rasmiy kursi dollar va yevroga nisbatan deyarli ikki baravarga tushib ketgandi. Markaziy bankning 9-aprel kuni belgilagan rasmiy kursiga ko‘ra, bir dollar 8094,99 so‘mni tashkil etmoqda. Bank sektorida amalga oshirilgan islohotlar mamlakatdagi valyuta qora bozoriga jiddiy zarba berdi hamda moliyaviy jarayonlarning shaffofligi va mamlakat investitsion jozibadorligini oshirdi.