Toshkent markaziy ko‘chalaridan birida asfalt cho‘kib tushdi

Aholi tomonidan xavfsizlik nuqtayi nazaridan chuqur atrofi bo‘sh qutilar va shox-shabbalar bilan o‘rab qo‘yilgan. Lekin bu avtomobillar tirbandligining oldini olmagan.
Sputnik

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Kuni kecha, 8-aprel kuni Toshkent shahrida Shayxontohur tumanida "Samarqand-darvoza" savdo-ko‘ngilochar markazi qarshisidagi yo‘l qatnov qismida asfalt cho‘kib tushdi.

Allamjonov barchadan masalaga bir tomonlama yondashmaslikni so‘radi

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ushbu muammo tezlik bilan bartaraf etildi.

Guvohlarning aytishicha, chuqurlik ikkinchi va uchinchi polosa o‘rtasida hosil bo‘lgan. Aholi tomonidan xavfsizlik nuqtayi nazaridan chuqur atrofi bo‘sh qutilar va shox-shabbalar bilan o‘rab qo‘yilgan. Lekin bu avtomobillar tirbandligining oldini olmagan.

Yo‘l qatnov qismida asfalt o‘tgan yili qilingan. Yo‘llarda ta’mirlash ishlari bir yilda bir marta ta’mirlanadi, o‘nqir-cho‘nqirlar asfalt qilinadi. Har 5-yilda yo‘l qoplamasi yangilanishi kerak — har chorakda ro‘yxat bo‘yicha ma’lum bir tuman yo‘llarida amalga oshiriladi.

Bu safar yo‘l qatnov qismida asfalt cho‘kib ketish sababi noma’lum. Ayrim gaplarga qaraganda quvur yorilib ketgan.

"Hozirgi vaqtda yo‘l tartibga keltirilib, tirbandliklar yo‘q", — deb ta’kidlashdi hokimlikda.