"Xlorli bomba"ni Dumaga kim tashladi: qator davlatlar BMT XK shoshilinch majlisini chaqirmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp yuz bergan voqealarda mas’uliyatni Damashq zimmasiga yukladi va kimoviy hujum tashkilotchilari o‘z harakatlari uchun "qimmat narx to‘lashlari"ni aytib tahdid qildi. Oq uyning xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha maslahatchisi Tomas Bessert esa Vashington Suriya bo‘ylab zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytmoqda
Sputnik

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Dunyoning to‘qqizta davlati Suriyadagi ehtimoliy kimoviy hujum bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirishga da’vat qilmoqda. Bu haqda Britaniya doimiy vakolatxonasi xabar qildi, deb yozgan RIA Novosti.

Ta’kidlanishicha bunday tashabbus bilan Xavfsizlik kengashining uchta doimiy a’zolari — Buyuk Britaniya, Fransiya va AQSh, shuningdek, Polsha, Niderlandiya, Shvetsiya, Quvayt, Peru va Kot-d'Ivuar davlatlari chiqishgan.

Anqara, Tehron va Moskva G‘arbga qarshi yagona front bo‘lib chiqishdi
Bunga qadar Fransiya TIV rahbari Jan-Iv Le Drian Parij Sharqiy G‘utadagi vaziyatni muhokama qilish uchun shoshilinch ravishda BMT XK chaqirishga da’vat qilayotgani haqida bayonot bergan edi.

Rossiya, o‘z navbatida, dushanba kuni "Jahonga va xavfsizlikka tahdid" mavzuyida majlisni o‘tkazish taklifi bilan chiqdi. Kutilishicha majlis Moskva vaqti bilan 22 da boshlanadi. Uning yakunidan so‘ng XK Suriyadagi kimoviy hujum haqidagi xabarlarni muhokama qiladi.

Kimoviy hujumda ayblovlar

Ilgariroq bir qator muxolifat internet-portallar hamda Qatarning "Al-Jazira" telekanali jangarilardan olingan ma’lumotlarga tayangan holda Suriya armiyasi tomonidan Duma shahrida xlor qo‘llanilganligi haqida xabarlarni e’lon qilishgan edi. Ta’kidlanishicha, bundan bir necha o‘nlab tinch aholi halok bo‘lishgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp yuz bergan voqealarda mas’uliyatni Damashq zimmasiga yukladi, va kimoviy hujum tashkilotchilari o‘z harakatlari uchun "qimmat narx to‘lashlari"ni aytib tahdid qildi.

O‘z navbatida Oq uyning xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha maslahatchisi Tomas Bessert Vashington Suriya bo‘ylab zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida bayonot qildi.

AQSh Suriyadagi o‘zbek jangarilari guruhini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi
Dushman tomonlarni yarashtirish bo‘yicha Rossiya markazi Suriya Qurolli Kuchlari Duma shahriga xlorli bomba tashlagani haqidagi xabarlarni rad etdi va Damashqqa nisbatan qilinayotgan ayblovlarni soxta deb atadi. Markaz vakillari kimoviy hujumdan himoya bo‘yicha mutaxassislarni ma’lumotlarni to‘plash uchun yuborishga tayyorliklarini aytishmoqda. Ta’kidlanishicha, bu mutaxassislar ushbu ayblovlar uyushtirilgan xarakterga egaligini tasdiqlashadi.

Rossiya TIV Suriya qo‘shinlari tomonidan zaharlovchi moddalar qo‘llanilgani haqidagi xabarlarni tarqatishdan maqsad — terrorchilarni yonini olib, tashqaridan bo‘ladigan ehtimoliy zarbalarni oqlashdir.

13 mart kuni Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimov rossiyalik harbiylar Sharqiy G‘utada "kimoviy qurol"ni qo‘llash tarzida fitna sahnalashtirilayotgani bo‘yicha ishonchli ma’lumotga ega ekanliklari haqida ma’lum qilgan edi. Gerasimov shuningdek, ushbu fitnadan AQSh Damashqdagi hukumat kvartallari bo‘yicha zarba berish uchun bahona tarzida foydalanishlari haqida ham ma’lumotlar borligini ta’kidlagandi.