Dahshatli YTHdan so‘ng: onasi va bir oyog‘idan judo bo‘lgan qizaloq qanday yashayapti?

Bir oydan so‘ng Jumayim ikki yoshga to‘ladi. Ikki oy oldin qizaloq onasi va bir oyog‘idan ayrilgan edi
Sputnik

Joriy yil 9-fevral kuni Bishkekdagi Elebesov ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Mikroavtobus piyodalar yo‘lagidan o‘tishga harakat qilgan bolali ayolni bosib ketdi. Ayol hodisa joyida vafot etgan.

Qizaloq esa tirik qolgan, faqat shifokorlarga uning bir oyog‘ini amputatsiya qilishga to‘g‘ri keldi. Oradan ikki oy o‘tdi. Sputnik Qirg‘iziston muxbirlari jajjigina Jumayim qanday yashayotganini bilish uchun ushbu oilanikida bo‘ldilar.

Meni sotgan onamga maktub: menga sizdan o‘zga xech kim, hech nima kerak emas edi
Bugungi kunda qizcha otasi va 56 yashar buvisi — Batma Sariboyeva qo‘lida tarbiya topmoqda. Buvisining aytishicha, Jumayim telefonda multfilm va kliplarni tomosha qilishni yaxshi ko‘radi va hatto raqs tushishga urinadi. Qizaloq shifoxonadaligida uni buvisi parvarish qilgan edi.

"Esimda, bizga shifoxonadan javob berishganida va uyga kelganimizda eshik ochildi va Jumayim "Oyi!", deb baqirib yubordi. U yugurib ketishga tayyor edi… Hozir ham oyisini izlaydi, oqshomlari yig‘lab chiqadi. Men nabiramni Botkentga olib ketmoqchi edim, lekin uni shifokorlar tez-tez ko‘rikdan o‘tkazishlari lozim. Shu bois poytaxtda qoldik. Keksayganda yosh bolani parvarishlash og‘ir. Tez kunlarda Moskvadan boshqa o‘g‘lim keladi xotini bilan, ular Jumayimga qaraydilar", — deb hikoya qilgan qizaloqning buvisi.

Qizaloqning otasi Jirgal Chotonov va uning rafiqasi Jazgul Omurbekova Bishkekdan Botkenga 2005-yilda ko‘chib kelishgan. 2016-yilda ularning oilasida Jumayim dunyoga kelgan.

"Men tikuv sexida dazmolchi bo‘lib ishlayman. Onam bir o‘zlari bolaga qaray olmasliklari bois, hozircha uydaman. Shifokorlar qizimga hozircha protez qo‘ya olmasliklarini aytishdi. Oyog‘ini tosigacha kesib tashlashgani bois, avvaliga suyak to‘liq bitishi kerak. Lekin biz protez tayyorlash uchun navbatga turganmiz. Protezni qizim 5-6ga kirganida qo‘yishsa kerak", — dedi Chotonov.

Erkak shuningdek, uning boshiga tushgan musibatga befarq bo‘lmagan odamlarga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Yunusobodda mudhish YTH sodir bo‘ldi
"Birlari hisob raqamiga pul o‘tkazdilar, boshqalari kasalxonaga kelib xabar olishdi va qo‘llaridan kelgan yordamini ayamadilar. Chet elliklar ham bo‘ldi, xususan Pokistondan talabalar va Qatar elchixonasi vakillari… Ayolim bilan Rossiyada bo‘lganimida, Jazgul u yerda bir keksa ayolga qaragan edi. Uning qizi va mening rafiqam gaplashib turishardi, bir-birlariga tez-tez qo‘ng‘iroq qilib turardilar. U Jazgul halok bo‘lgani, Jumayim esa kasalxonadaligini eshitishi hamon bizga zudlik bilan pul o‘tkazdi… Hukumat rahbari Sapar Isakov ham yordam berdi. Saxiy odamlar ko‘p", — deb ta’kidladi Jirgal.

Sputnik Qirg‘iziston nashri xabariga ko‘ra, ona va bolani bosib ketgan mikroavtobus haydovchisi o‘sha kunning o‘zidayoq qo‘lga olingan.