TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Rossiyaning Stavropol o‘lkasida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi yuzasidan "tezkor raqamlar" ochdi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, 4-aprel kuni "Stavropol-Novoaleksandrovsk" avtomobil yo‘lida "VAZ-2101" yengil avtomobili "Isuzu" yuk avtomobili bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Halokat natijasida 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi. FVV vafot etganlarning ro‘yxatini e’lon qildi. ularning barchasi Jizzax viloyatining Zomin tumanidan bo‘lgan.
1. Shuhrat Jumaqulov, 1983 y.t.
2. Mirjalol Tagayev, 1991 y.t.
3. Muhritdin Qarshiyev, 1995 y.t.
4. Bahrom Yunusov, 1988 y.t.
Vafot etganlarning jasadlari Izobil shahar okrugining markaziy kasalxonasiga olib borilgan.