"Rossiya 1" Yuliya Skripalning opasi bilan suhbatini e’lon qildi

Suhbat davomida josusning qizi "hammasi yaxshi, hammasini iloji bor, hamma tirik", deydi
Sputnik

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. "Rossiya 1" telekanalidagi "60 minut" ("60 daqiqa") ko‘rsatuvi Yuliya Skripalning amaki opasi Viktoriya bilan suhbatini e’lon qildi.

Lavrov "diplomatik urushlar" qay darajada chuqurlashishi mumkinligini aytdi
Suhbat davomida josusning qizi "hammasi yaxshi, hammasini iloji bor, hamma tirik", deydi.

Otasining ahvoli haqidagi savolga javob berar ekan, Yuliya u hozir normal holatdaligini, uxlayotganini aytdi. Ayol shuningdek, "hammaning sog‘lig‘i normal holatdaligini, hech kimda tuzatib bo‘lmas narsa yo‘qligini" ta’kidlab o‘tdi. Dastur boshida boshlovchilar kuni kechqurun bo‘lib o‘tgan telefon suhbati yozuvini Viktoriya Skripalning o‘zi berganligini aytib o‘tishgan.

Shu bilan birga boshlovchilar bu yozuv haqiqiyligini ular tasdiqlay olmasliklarini ham ma’lum qilishgan.

O‘tgan haftada Yuliya Skripalning ahvoli yaxshilangani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Ayol o‘ziga kelib, gapirishni boshlagani aytilgandi. Sergey Skripal esa jonlantirish bo‘limida qolmoqda.

"Skripal ishi"

Britaniyaning Solsberi shaharchasida 4-mart kuni britaniyalik josus Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan edi.

Jabarov: "Skripal ishi" mojarosi Meyning karyerasiga nuqta qo‘yishi mumkin

Britaniya tomon Skripallarning A234 moddasi bilan zaharlanishida Rossiyaning aloqasi borligini ta’kidlamoqda. Rasmiy Moskva buni qat’iy inkor etib kelmoqda.

O‘tgan haftada Yevropa ittifoqining qator mamlakatlari, shuningdek, AQSh, Kanada, Norvegiya, Ukraina va ba’zi boshqa davlatlar Solsberidagi hodisa tufayli rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish qarorini qabul qildilar. Moskva xuddi shunday javob choralarini qo‘lladi.

Shu kunlarda Britaniya Rossiya tomonning Solsberidagi hodisa bo‘yicha birgalikda surishtiruv o‘tkazishi haqidagi taklifini rad etdi. London shuningdek Moskvaga Sergey Skripal va uning qizi bilan aloqaga imkon qoldirmayapti.