Shamsunov: Rossiyada qamoqqa olingan migrantlar orasida o‘zbeklar ikkinchi o‘rinda

Rossiya qamoqxonalarida jami 29 ming chet ellik jazo muddatini o‘tamoqda. Ularning kattagina qismi og‘ir jinoyatlar uchun jazo muddatini o‘tashmoqda
Sputnik

TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Migrantlar Rossiya qamoqxonalaridagi mahbuslarning jami besh foizini tashkil qiladi, deb xabar qildi Rossiya jazoni ijro etish xizmati burosi rahbarining sobiq o‘rinbosari Salix Shamsunov.

Migrantlarni deportatsiya qilish tartibini belgilash huquqi Rossiya IIVga beriladi
Rossiya qamoqxonalarida jami 29 ming chet ellik jazo muddatini o‘tamoqda. Ularning kattagina qismi og‘ir jinoyatlar uchun jazo muddatini o‘tashmoqda.

"Qamoq jazosi berilgan migrantlar orasida birinchi o‘rinda Tojikiston fuqarolari, ikkinchi o‘rinda O‘zbekiston, undan keyingi o‘rinlarda Ukraina va Ozarbayjon turibdi", — dedi u.

Intervyuni to‘liq quyidagi havolada ilova qilingan podkast orqali tinglashingiz mumkin.