Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi

Joriy yilda Tojikiston O‘zbekistonga 1,5 milliard kVt/s elektr energiya eksport qiladi. Tojikiston elektr energiyasi har bir kilovattning narxi - 2 sent.
Sputnik

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Tojikiston kuni kecha, 2-aprelda 10-yillik tanaffusdan so‘ng Regar (Tojikiston) nimstansiyasidan O‘zbekistonga elektr energiyasini eksport qilishni boshladi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston Tojikiston telegraf agentligiga tayangan holda.

"O‘zbekenergo" Afg‘oniston uchun yangi elektr uzatish liniyasi qurishni boshladi

Ushbu jarayon mahalliy vaqt bilan soat 17:05 da 220 kV liniyasi bo‘yicha boshlandi. Xabarlarga ko‘ra, boshlang‘ich bosqichda sutkalik eksport miqdori 672 ming kVt/s ni tashkil qiladi. Keyinchalik eksport hajmi ko‘paytiriladi.

Joriy yilda Tojikiston O‘zbekistonga 1,5 milliard kVt/s elektr energiya eksport qilish rejalashtirilgan. Tojikiston elektr energiyasi har bir kilovattning narxi — 2 sent.

Shuningdek, hozirgi vaqtda Tojikistondan O‘zbekistonga elektr energiyani yetkazish hajmini ko‘paytirish maqsadida 220 kV quvvatli ikkinchi elektr uzatish liniyasi tayyorlanmoqda.

Tojikistonda har bir sutkada 37 million kVt/s elektr energiya ishlab chiqariladi. Ulardan 284 ming kVt/s Afg‘onistonga eksport qilinadi. Bir kVt/s narxi 4 sentdan ko‘p. Tojikiston shu yilda Afg‘onistonga elektr energiyani eksport hajmini 200 million kVt/s ga ko‘paytirish rejalashtirilgan.