Shavkat Mirziyoyev Misrning qayta saylangan prezidentiga tabrik yubordi

Joriy yil 26-28 mart kunlari Misrda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-aprel kuni Abdulfattoh As-Sisiyni Misr prezidenti lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan tabrikladi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Allamjonov barchadan masalaga bir tomonlama yondashmaslikni so‘radi

"Bo‘lib o‘tgan savlovda Siz erishgan bu ulkan g‘alaba do‘st Misr xalqining tinchligi, ravnaqi va farovonligi yo‘lida uzoqni ko‘zlab olib borayotgan siyosatingiz, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlar, mintaqaviy va global xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan amaliy tashabbus va harakatlaringizning yana bir yuksak e’tirofi sifatida qabul qilamiz", — deyiladi prezident tabrigida.

Shuningdek, maktubda ta’kidlanganidek, "O‘zbekiston va Mirs xalqlari o‘rtasidagi madaniy va diniy mushtaraklik, azalik do‘stona rishtalar ken qamrovli va uzoq muddatli munosabatlarmizning mustahkam poydevori bo‘lib kelmoqda".

Eslatib o‘tamiz, 26-28 mart kunlari Misrda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Bunda prezident Abdulfattoh As-Sisiyga Misr parlamentining 464 nafar a’zosi, shuningdek, saylovchilarning 22 millionga yaqini (97 %dan ortiq) ovoz bergan.